Mon-kxmer tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mon-kxmer tillari - "anʼana viy mon-kxmer tillari" deb ataluvchi va butun Xindixitoyda, Tailand va Myanmada, Xitoyning jan. hududlarida tarqalgan tillar guruqi. M.-k.t.da soʻzlovchi xalqlarning eng yiriklari kxmerlar (7 mln. kishidan ortiq), moilar (500 mingdan ortiq) va kuylar (500 mingdan ortiq)dir; qolganlarining soni 100 mingtagacha yetmaydi /1987). Mon-kxmer tillarit.ning chegarasi, miqdori haqida yagona fikr yoʻq. Koʻpchilik tadqiqotchilar, kxmer, mon, pear, shim. baxnar, jan. baxnar, gʻarbiy baxnar, katu, kxmu, palaung guruhchalarini Mon-kxmer tillarit.ga kiritadilar.

Anʼanaviy M.-k.t.da soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalar yoʻq. Sintaktik munosabatlar soʻz tartibi va yordamchi soʻzlar orqali ifodalanadi. Sodda ran qurilishida ega avval, kesim undan keyin, toʻldiruvchi esa kesimdan soʻng joylashadi. Ularning oʻrin almashuvi ran mazmuniga taʼsir qilishi mumkin. Anʼanaviy M.-k.t. umumiy lugʻat tarkibida tay, avstronez, hind-oriy, xitoy va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. M.-k.t.dan kxmer va mon tillari qadimdan oʻz yozuvlariga (hind yozuvidan kelib chiqqan) ega boʻlgan tillardir; qolganlari esa oʻz yozuviga ega emas yoki yaqindagina ega boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil