Momiq paxta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Momiq paxta — har xil yoʻnalishda tartibsiz ravishda kuchsizgina birikkan kalta tolalardan iborat mayin paxta. Asosan, tolasi ajratib olingan chigitlar sirtida qoladigan kalta tola (lint) dan tayyorlanadi. Momiq paxta tayyorlash uchun xom ashyo (kalta tolalar) har xil aralashmalardan tozalanadi va titishsavash agregatida titilib va savalab mayin’ massaga aylantiriladi. Maxsus ishlov berilib (kimyoviy moddalar bilan kaynatilib) zararsizlantirilgan Momiq paxta tibbiyotda, oddiylari texnika maqsadlarida ishlatiladi. Momiq paxta gigroskopik (namni yaxshi shimadigan) va kompress qilish xillariga boʻlinadi. Gigroskopik Momiq paxta oppoq boʻladi, qatlamlarga osongina ajraladi, qon va yiringni yaxshi shimgani uchun yaralarni bogʻlashda ishlatiladi. Kompress qilish Momiq paxtasi bint bilan bogʻlangan yara gazak olib ketmasligi uchun uni issiq tutish maqsadida bogʻlam ustidan qoʻyilib, ustidan bintlanadi. U singan joylarni gipslashda hamqoʻllaniladi. Momiq paxtaning alohida xili — vatin bir yoki ikki tomondan emulsiya surkalgan material boʻlib, kiy-im-bosh tikishda ishlatiladi. Paxtadan boshka tolalardan ham momiq tolalar massasi tayyorlash mumkin. Ularni tabiiy va sunʼiy xillarga ajratsa boʻladi. Tabiiy tolalar — jun, ipak, zigʻir, penka, asbest tolalar; sunʼiy tolalar — sellyuloza, shisha, metall, shlak, bazalt tolalar. Tabiiy momiq tolalar tikuvchilik, mebel-lsozlik va texnika maqsadlarida, sunʼiy momiq tolalar qurilish va kimyo sanoatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil