Molodyoj Uzbekistana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Molodyoj Uzbekistana" ("Oʻzbekiston yoshlari") — respublika yoshlar gazetasi. Toshkent shahrida rus tilida haftada 3-marta chiqadi. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati hamda "Karera Servis" axborotnashr firmasi. 1soni 1926-yil 7-noyabrda "Komsomolets Vostoka" ("Sharq komsomoli"), 1935-yil yanvardan "Komsomolets Oʻzbekistana" ("Oʻzbekiston komsomoli") nomi bilan chiqqan. 1991-yil yanvardan hozirgi nomda. Ikkinchi jahon urushi yillarida nashr etilmagan. Sahifalarida mamlakat yoshlarining hayoti, mehnat, madaniyat va sportga oid materiallar va boshqa yoritiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil