Molla Panah Vogif byusti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Molla Panah Vogif byusti — XVIII asrning mashhur ozarbayjon shoiri, siyosiy va jamoat arbobi Molla Panah Vogif sharafiga oʻrnatilgan byust. 1992-yilda Shusha shahri bosib olingandan keyin vayron qilingan.[1] Shahar ishgʻoldan ozod qilinganidan keyin byust 2021-yilda tiklandi[2].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykaltarosh Hayat Abdullayeva tomonidan 1957-yilda bronzadan yasalgan Molla Panah Vogif byusti 1958-yilda Shusha shahrida shoirning qabri yodgorligi sifatida Jidir-Duzu yaqinida oʻrnatilgan[3]. Keyinchalik, 1976-yilda byust Vogifning Shushadagi uyiga yaqinroq koʻchirildi. 1982-yilda Voqif maqbarasi ochilishiga qadar byust va uning atrofi taʼmirlanib, yodgorlik poydevori almashtirildi[4]. 1992-yilda Shusha shahri ishgʻol qilinganda, byust, boshqa koʻplab yodgorliklar singari, buzib tashlangan va vayron qilingan[5].

Shahar ishgʻoldan ozod etilgach, 2021-yilda uning muallifi Xayat Abdullayevaning, asl loyihasi asosida yodgorlik qayta tiklandi va asl joyiga qaytarildi. 2021-yil 29-avgust kuni Molla Panah Vogifning, yangi byusti ochilish marosimi boʻldi[2].

Surat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „В Шуше открылся бюст гениального азербайджанского поэта Моллы Панаха Вагифа“ (ru). АЗЕРТАДЖ (2021-yil 29-avgust). 2021-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Dahi Azərbaycan şairi Molla Pənah Vaqifin Şuşada büstü açılıb“ (az). president.az (2021-yil 29-avgust). 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  3. „The bust of Molla Panah Vagif in Shusha“ (en). Фонд Гейдара Алиева. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  4. Anar Tağıyev. „Dahi Azərbaycan şairi Molla Pənah Vaqifin Şuşada büstü açılıb“ (az). report.az (2021-yil 29-avgust). 2021-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.
  5. „Dahi Azərbaycan şairi Molla Pənah Vaqifin Şuşada büstünün açılışı olub“ (az). apa.az (2021-yil 29-avgust). 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.