Moliya bozori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moliya bozori — oldisotdi obʼyekti pul (pulga tenglashtirilgan qogʻozlar) boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlar; pul mablagʻlarining uni jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishini taʼminlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subʼyektlari oʻz moliyaviy resurslari ni mablagʻlarga muhtoj subʼyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.

Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili boʻyicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni krndiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon Moliya bozori paydo boʻldi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil