Kontent qismiga oʻtish

Molibdenli poʻlat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Molibdenli poʻlat - tarkibida 0,15—0,55% molibden va 0,1—0,45% uglerod boʻlgan konstruksion poʻlat; legirlangan poʻlatlar jumlasiga kiradi. Molibden poʻlatning toblanish va mexanik xossalarini, yoyiluvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. Molibdenli poʻlat korroziyabardosh, issiqbardosh, yuqori temperaturalarda oksidlanmaydi, shu sababli, yuqori temperaturalarda ishlaydigan detallar tayyorlashda, mas, qozonsozlik, turbinasozlik, raketasozlik va boshqa da ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil