Moldiboyev Abdilas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moldiboyev Abdilas [1906.24.6 (7.7), Qirgʻiziston, Kemin tumani — 1978.31.5, Bishkek] — qirgʻiz kompozitori va xonanda (tenor). Qirgʻiziston xalq artisti (1937), qirgʻiz kompozitorlik musiqasi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1940—41 va 1947—50). Qirgʻiziston musiqali drama teatrida (1933 yildan), Qirgʻiziston opera va balet teatrida (1942 yildan) xonanda. Qirgiziston kompozitorlar uyushmasi raisi (1939— 67). V. Vlasov, V. Fere bilan hamkorlikda "Oychurek" (1939), "Manas" (1946) birinchi qirgʻiz operalari, A. Veprik, M. Abdrayev bilan hamkorlikda Qirgʻiz davlat madhiyasi (1946), "Toʻxtagʻul" operasi (1958) ni yaratgan. Ommaviy va bolalar qoʻshiqlari, romanslar, xor asarlari muallifi. Musikali drama va operalarda Kulchoronun, Sirgak ("Oychurek", "Manas"), Teltey ("Aydar va Oysha", A. Omonboyev va boshqalar), Asker ("Arshin mol olon", U. Hojibekov), Toʻle-gen ("Qiz Jibek", Ye. Brusilovskiy) va boshqa partiyalarni maxrrat bilan ijro etgan. Toʻxtagʻul nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureati (1970). Kirgiz opera va balet teatriga M. nomi berilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil