Mohtobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mohtobi — ertapishar oʻrik navi. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutining Samarqand filialida chiqarilgan. Daraxti boʻyi va shoxlanishi oʻrtacha. Mart oxiri — aprel boshlarida gullaydi. Arzami va Koʻrsodiq navlari bilan yaxshi changlanadi. Iyunning oxirlarida pishadi. Mevasi vazni 30—40 g . Meva choki sezilmaydi. Poʻsti yaltiroq, yupqa, tusi sargʻish, meva yuzasida pushti nuqtalar uchraydi. Etining rangi och sariq, shirali, sersuv, xushboʻy, bir oz nordonroq. Qurgʻoqchilikka chidamli. Koʻchati ekilgach, 7—8-yili hosilga kiradi, 15—16 yoshida yaxshi hosil beradi. Bir tupidan 150 kg hosil olinadi. Mevalari barobar pishmaydi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, povidlo yoki jem tayyorlanadi. Zarafshon vodiysida koʻp ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil