Modifikatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Modifikatorlar (lot. modifi co -oʻlchayman, oʻlchovni aniqlayman) — suyuqlantirilgan metallar (qotishmalar)ga modifikatsiyalash paytida qoʻshiladigan moddalar. Metallar (qotishmalar)da qoʻshimcha kristallizatsiya markazlari hosil qiluvchi, oquvchanlikka taʼsir etuvchi va zarralarning oʻsishiga toʻsqinlik qiluvchi (ingibitorlar) M. mavjud. Poʻlat va choʻyanlarning M. i sifatida magnit, litiy, kremniy, siyrak-yer elementlari va qotishmalari, ferro-bor, ferrotseriy, ferrovanadiy va baʼzi kimyoviy birikmalar (mas, seriy oksidi, vanadiy nitridi) qoʻllanadi. Choʻyanga qoʻshiladigan M. grafitlovchi (mas, silikokalsiy, kremniymarganets-sirkoniy ligaturasi) grafitlashga imkon beruvchi, stabillashtiruvchi (xrom ligaturasi), marganets-kremniy, ferroxromkremniy va boshqalar), unga toʻsqinlik qiluvchi va kompleks M.ga boʻlinadi. Magniy qotishmalari va mis qotishmalari uchun sirkoniy, titan, vanadiy va bor aralashmasi, alyuminiy krtishmalari uchun titan, bor, niobiy, siyrak-yer elementlari va sirkoniy qoʻllanadi. M. metallurgiya zavodlarida kovshga yoki pechdan quyilayotgan metall oqimiga, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri metall quyish qoliplariga solinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil