Kontent qismiga oʻtish

Moddiy ragʻbatlantirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moddiy ragʻbatlantirish -kishilarning oʻz mehnat natijalaridan manfaatdorligini taʼminlashga, mehnatga faol jalb etishga, ish va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan iqtisodiy shakllar va tadbirlar tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xoʻjalik yuritish, mehnatni tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Moddiy ragʻbatlantirishda xodimlarning bajarayotgan ish sifati, kasb mahorati, mehnat institutizomi, shaxsiy tashabbuskorligi, mehnat jarayonini takomillashtirish va sifatini oshirish borasidagi takliflari hisobga olinadi. Moddiy ragʻbatlantirishda, maosh, ish haqi darajasi va mukofot tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Moddiy ragʻbatlantirish tizimiga maosh miqdorini oshirish, shaxsiy pul mukofotlari, sovgʻalar berish, xodimlar ish sharoitini yaxshilash, sogʻligʻini saqlash boʻyicha tadbirlar va boshqa kiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil