Modallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Modallik (lot. modalis — oʻlchov, usul) — fikrning voqelikka boʻlgan munosabatlarining turli xil koʻrinishlarini, shuningdek, bildirilayotgan narsalarning subʼyektiv tarzda tasniflanishining turlicha koʻrinishlarini ifodalovchi funksional-semantik kategoriya. "M." tushunchasini fanga Aristotel olib kirgan. "M." termini maʼnaviy hajmi, grammatik xususiyatlari hamda til qurilishining turli sathlarida shakllanganligi darajasiga koʻra xilmaxil boʻlgan hodisalarni ifodalash uchun qoʻllanadi. M. shaxs va zamon maʼnolari bilan birgalikda predikativlik kategoriyasini hosil qiladi. M. obʼyektiv va subʼyektiv boʻlishi mumkin. Obʼyektiv M. bildirilayotgan fikrning voqelikka munosabati (real va noreal, imkoniyat va imkonsizlik, zaruriyat va ehtimollik kabi)ni anglatadi hamda grammatik va leksik vositalar (mayl, modal soʻz, yuklama, intonatsiya) yordamida ifodalanadi. Subʼyektiv M. esa soʻzlovchining aytilayotgan fikr (ishonch yoki ishonchsizlik, rozilik yoki norozilik, eks-pressiv baho)ga munosabatini koʻrsatadi va soʻz tartibi, intonatsiya, leksik takror, modal soʻz, yuklama, undov, kirish soʻz, soʻz birikmasi va kirish gaplar bilan ifodalanadi.

Aristotelning shogird va sharhlovchilari Teofrast, Yevdem Rodosskiy va boshqa M.ka koʻra hukmlar orasidagi tafo-vutlarni oʻrganganlar. Bugungi mantiq va falsafada hukmlarning I. Kant taklif etgan tasnifi keng qoʻllanadi. Mazkur tasnifga binoan, qukmlar as-sertorik (voqelik muhokamasi), apodiktik (zaruriyat muhokamasi) va mu-ammoli (imkoniyat muhokamasi) turlarga boʻlinadi. M. asliy (mutlaq) va nisbiy (shartli) boʻlishi mumkin. "Rost" va "yolgʻon", "isbotli" va "isbotsiz" yoki "inkor etiladigan" hukmlar ham mantiq va mantiqiy semantika fanlarida M. doirasiga kiritiladi.

Ibodulla Mirzayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil