Modal soʻzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Modal soʻzlar (lot. modalis — oʻlchov, usul) — soʻzlovchining oʻz fikriga turlicha munosabatini anglatadigan va fikrning anikligi, rostligi, gumonli yoki shartliligini ifodalash uchun xizmat qiladigan soʻzlar; shaklan oʻzgarmasligi bilan tavsiflanadi, ran boʻlagi vazifasida kelmaydi, gapning boshqa boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi; butun fikrga yoki uning biror qismiga taallukli boʻlib, odatda, kirish soʻz boʻlib keladi. Modal soʻzlar 2 katta guruhga boʻlinadi: fikrning aniqligini ifodalovchi Modal soʻzlar Bularga rostlik, tasdiq-ishonch, qatʼiylikni bildiruvchi soʻzlar (darhaqiqat, haqiqatan; albatta, shubhasiz, soʻzsiz va shahrik.) kiradi. Fikrning noaniqligini ifodalovchi Modal soʻzlar Bularga taxmin, gumon, tusmol kabi maʼnolarni ifodalovchi soʻzlar (shekilli, chogʻi, chamasi; ehtimol, balki, aftidan va boshqalar) kiradi. Modal soʻzlarnutqda pauza, yozuvda vergul bilan ajratiladi. Modal soʻzlar takror qoʻllansa yoki emotsional mazmunli soʻz bilan birga kelsa, maʼno kuchayadi. Soʻzlashuv nutqida birdan optik modal soʻz qoʻllanishi mumkin. Modal soʻzlarni fikrning oʻzaro munosabati (xullas, demak, binobarin, qisqasi, umuman, masalan, chunonchi, jumladan, aksincha, avvalo, avvalambor, nihoyat), eʼtiborni tortish (aytganday, aytmoqchi, zotan), taʼkid (xususan, ayniqsa), emotsional maʼno (koshki, zora, yaxshiyamki, xayriyat, attang , afsuski, ajabo) kabilarni anglatuvchi modal maʼnoli soʻzlardan farqlash kerak. Modal soʻzlar va modal maʼnoli soʻzlar oʻzaro yaqin boʻlib, ularning har biriga xos belgi-xususiyatlarni aniqlash funksional grammatikaning dolzarb vazifalaridandir.

Ibodulla Mirzayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil