Mochevina-formaldegid smolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mochevina-formaldegid smolalar, karbamid smolalar — mochevinaning formaldegid bilan oʻzaro polikondensatlanishidan hosil boʻlgan sintetik termoreaktiv oligomer mahsulotlar. Issiqqa chidamli, elektroizolyasion xossalari yaxshi, yorugʻlik nuriga bardoshli, rangsiz, boshqa yorqin ranglarga oson boʻyaladi. M.-f.s. aminoplastlar, karbamid yelimlar, penoplastlar, loklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil