Moʻylovoyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moʻylovoyoqlilar (Cirri pedia) -qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub turkum (boshqa sistema boʻyicha kenja sinf). Suv ostidagi turli narsalar, koʻpincha harakatlanuvchi hayvonlar tanasiga yopishib yashaydi. Yumshoq tanasi alohida yaproqlardan iborat chigʻanoqb-n qoplangan. Bunday "uycha" ichidagi M. qorin qismi tepaga qaragan boʻladi. Moʻylovga oʻxshash koʻkrak oyoqlar uychaning ochiladigan "tomcha"sidan chiqarilib, yelpigʻich singari yoyiladi. M. moʻylovoyoqlari yordamida suvdan mayda filtratlarni tutib oziqdanadi. Ayrim turlari (mas, sakkulina) tekinxoʻr boʻlib, oʻnoyokli qisqichbaqasimonlar tanasida parazitlik qiladi. Oʻrtoq hayot kechirish taʼsirida M.ning koʻp organlari (koʻzlari, antennalari, bosh va qorin boʻlimlari) oʻzgargan yoki reduksiyaga uchragan. Koʻpchilik M. germafrodit. 1000 dan ortiqturi maʼlum. Dengizlarda har xil chuqurlikda hayot kechiradi. M.dan dengiz yongʻoqchalari (balanuslar) va dengiz oʻrdakchalari (Lepas) deyarli barcha dengizlarda uchraydi. Dengiz yongʻoqchalari kemalarning suv ostki qismlariga yopishib olib, yil sayin koʻpayib borishi tufayli kema ogʻirligini oshirib, uning tezligining pasayishiga sabab boʻladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil