Moʻmin Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Moʻmin Mannopovich Sultonov (1947.10.2, Toshkent) — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalqustasi (2000). Toshkent politexnika instituti meʼmorlik ftini tugatgan (1971). 1961 yildan Toshkent amaliy sanʼat ijodiy eksperimental k-tida ganchkor usta. 1973 yildan "Us t a zoda" birlashmasida ijodiy rahbar. Us t a Mahmud Usmonovning shogirdi. S. shogirdlari bilan Navoiy xaykali gumbaz osti bezaklari, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Toshkent sh. hokimiyati, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Oʻzbekiston konservatoriyasi, Germaniyadagi Oʻzbekiston elchixonasi, Malayziyadagi Butunjahon islom muzeyi binolari va boshqa inshootlarning ganchkori bezaklarini yaratgan.