Moʻljal (moslama)

Moʻljal - Yer oʻlchash asboblari, uzoq masofali qurollar yoki optik yoritish moslamalarini maʼlum bir masofadagi nishonga vizual moslashtirishga yordam berish uchun ishlatiladigan moslama. Moʻljallar oddiy oʻrnatma yoki nishon bilan bir qatorda mos holatda turadigan jismoniy belgilar tizimi (masalan, oʻqotar qurollardagi temir moʻljallar),[1] yoki foydalanuvchiga optik jihatdan yaxshilangan (koʻpincha kattalashtirilgan), nishonga olish nuqtasi bilan bir fokusda tekislangan nishon tasvirini koʻrish imkonini beruvchi optik qurilmalar boʻlishi mumkin (masalan, teleskopik moʻljallar, akslanuvchi moʻljallar va golografik moʻljallar). Yoritilgan nishon nuqtasini (yana bir nomi "qaynoq nuqta") nishonning oʻziga faol ravishda proyeksiya qiladigan moʻljallar ham bor (masalan, lazerli moʻljallar va baʼzi tungi koʻrish moslamalaridagi infraqizil yoritgichlar).
Oddiy (ochiq) moʻljallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oddiy qilib aytganda, moʻljal odatda ikkita tarkibiy qismdan iborat, bular bir qatorda turishi kerak boʻlgan old va orqa nishonga olish qismlari. Bunday moʻljallarni koʻplab turdagi qurilmalarda, jumladan qurol-yarogʻ, yer oʻlchash asboblari va navigatsiya uskunalarida koʻrish mumkin.
Qurollarda bu moʻljallar odatda chidamli metall qismlardan iborat boʻlganligi uchun[2] optik va hisoblash moʻljallaridan farqli oʻlaroq "temir moʻljal" nomini olgan.[3] Koʻp turdagi qurollarda ular oʻrnatilgan boʻlib, turli omillarga koʻra (shamol yoki nishon tezligi va hokazo) foydalanuvchi tomonidan sozlanishi mumki.[1] Ular shuningdek, ochiq moʻljal (ikkala yon tomoni va tagi yopiq usti esa ochiq, U va V belgilariga oʻxshaydi) yoki yopiq moʻljal (aperturali) shakllarida mavjud. Ushbu turdagi moʻljallar katta tajriba va mahoratni talab qiladi, chunki foydalanuvchi koʻzini toʻgʻri yoʻnalishda tutgan holda bir vaqtning oʻzida uchala obyektni ham bir qatorda tekis ushlab turishi kerak: orqa moʻljal, old moʻljal va nishonning oʻzi.[4]
Optik moʻljallar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Optik moʻljallarda optika qoʻllanadi, bu esa foydalanuvchiga yaxshilangan tasvir bilan birga tekis nishonlash nuqtasi yoki naqshni (shuningdek, moʻljal chizigʻi deb ataladi) beradi, yaxshisi bir xil fokus tekisligida, maqsadli tasvir ustiga qoʻyilgan yaxshilangan tasvirni beradi.
Akslanuvchi moʻljallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Optik moʻljalning yana bir turi - bu akslanuvchi (yoki "refleks") moʻljal, foydalanuvchiga shisha element orqali qarash va yoritilgan nishon nuqtasi yoki maydonga joylashtirilgan boshqa tasvirning aksini koʻrish imkonini beruvchi optik qurilma.[5] Ushbu moʻljallar 100 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud boʻlib, barcha turdagi qurol va qurilmalarda qoʻllanib kelingan.
Akslanuvchi moʻljallar birinchi jahon urushi oxirida nemis samolyotlarida qurol uchun moʻljal qurilmasi sifatida ishlatilgan. Yillar davomida ular yanada sezgir va murakkabroq boʻlib boradi. 1950- va 1960-yillarda elektronika, qoʻrgʻoshinli hisoblash giroskoplari, masofaa uzoqligi va parvoz haqidagi boshqa maʼlumotlrani aniqlash uchun radarlarni qoʻshgan holda, oxir-oqibat zamonaviy bosh oyna indikatoriga aylandi.
Optik moʻljallarning boshqa turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Kollimatorli moʻljal
- Golografik moʻljal
- Lazerli moʻljal
- Qizil nuqtali lupa – kattalashtirilmagan optik moʻljal bilan birgalikda ishlatiladi
Moʻljallar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻljal moslamalarining koʻp turlari mavjud. Ular sobit, mexanik, optik, hisoblash yoki ushbu atributlarning barchasi aralashmasi boʻlishi mumkin.
- Bomba moʻljali
- Kollimatorli moʻljal
- Diopter moʻljali
- Sharli moʻljal
- Yuqori ekran
- Golografik moʻljal
- Temir moʻljal
- Lazerli moʻljal
- Akslanuvchi moʻljal
- Giro qurol moʻljali
- Qizil nuqtali moʻljal
- Teleskopik moʻljal
- Issiqkoʻrar qurol moʻljali
- Tungi koʻrish moslamasi
- Yongʻinni nazorat qilish tizimi
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 Patrick Sweeney. Gunsmithing – Pistols & Revolvers. Krause Publications, 2004 — 185 bet. ISBN 978-0-87349-763-3. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Richard Bowyer. Dictionary of Military Terms. Taylor & Francis, 1999 — 178 bet. ISBN 978-1-57958-156-5.
- ↑ merriam-webster.com - iron sight - a metallic sight for a gun as distinguished from a sight depending on an optical or computing system
- ↑ Dan Shideler. Gun Digest 2011. F+W Media, 2010 — 148 bet. ISBN 978-1-4402-1561-2. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Elementary Optics and Application to Fire Control Instruments. Headquarters, Department of the Army, 1977 — 8-27, 8-28 bet.