Moʻldir Auelbekova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Moʻldir Auelbekova
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Moʻldir Esirkepovna Auelbekova
10-avgust 1986
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Kasbi qoʻshiqchi, aktrisa
Guruh KeshYou
Janr Pop
Faoliyat yillari 2003-yildan — hozirgo vaqtgacha
Veb-sayt https://moldirauyelbekova.kz/

Moʻldir Auelbekova (1986-yil 10-avgust, Taraz, Jambil viloyati, Qozogʻiston SSR) — Qozogʻistonning taniqli qoʻshiqchi va aktrisa, teleboshlovchisi. 2012-yilgacha „KeshYou“ guruhining tarkibida boʻldi[1]. „Gʻashiq jurek nemese juldizdi kokteyl“ nomli filmidagi bosh rollardan birini oʻynagan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻldir Esirkepovna Auelbekova 1986-yil 10-avgustda Jambil viloyati Taraz shahrida tugʻilgan. Yakkaxon qoʻshiqchi, teleboshlovchi, aktrisa. Oilada otasi Yesirkep, onasi Kamshat, katta opasi Meruert va ukasi Ersultan.

Taraz shahridagi № 49, № 36, № 30-maktablarda tahsil olgan. Besh yoshidan gimnastika, taekvondo, dzyudo, yugurish, basketbol, ​​voleybol kabi sport turlariga mehr qo‘ygan.

2001-yilda Taraz shahridagi Abay nomidagi gumanitar kollejining musiqa bo‘limining talabasi bo‘ldi. Doʻmbira sinfini tamomlagan. Viloyat „Aygo‘lek“ qo‘shiq tanlovining birinchi o‘rin sohibi, „Bo‘ztorg‘ay“ qo‘shiq tanlovi diplom sovrindori.

2003-yili boshlangan „SuperStar.kz“ loyihasining birinchi mavsumida 100 talikka kirmay qoladi. Va 2004-yili loyihaning ikkinchi mavsumida ishtirok etib va kuchli oʻntalikka kiradi.

2005-yilda Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston Milliy Badiiy akademiyasining akademigi bo‘ldi. Lyusa Toleshovaning sinfida oʻqigan. Birinchi yil oxirida o‘sha paytdagi „Saf“, hozir esa „KeshYou“ guruhiga saralash o‘tkazildi va Moʻldir Auelbekova guruhga qo‘shildi. 2010-yilda guruh „Sharq bozori“ xalqaro qoʻshiq tanlovining bosh mukofotiga sazovor boʻldi.

2011-yilda Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston Milliy Badiiy akademiyasini tamomlagan.

2010-yilda „Gʻashiq jurek nemese juldizdi kokteyl“ filmidagi bosh rolga nomzod 2000 qizning ichidan Moʻldir tanlanadi. Film va Moʻldir ijro etgan obraz xalqqa manzur boʻldi. 2011-yilda „Gʻashiq jurek nemese juldizdi kokteyli-2“ deb nomlangan ikkinchi qismi suratga olindi.

2012-yilning yanvar oyidan boshlab Moʻldir shaxsiy ijod bilan shugʻullana boshladi. Bir nechta qoʻshiqlarni yozdirdi. „Tugʻan jer“, „Kutemin“, „Janim-janim“, „Djan-djan nemese kel bile“, „Bir sen ushin“, „Tolgʻau“, „Oʻsiet“ kabi qo‘shiqlarini alohida taʼkidlash joiz. May oyidan boshlab „Adam Media Group“ kompaniyasi tayyorlab, „Qozog‘iston“ Milliy kanalida namoyish etilgan „Elim mening“ intellektual suhbatni olib borib, tomoshabinlarga manzur bo‘lmoqda. Oʻsha yilning noyabr oyida „Oʻsiet“ deb nomlangan videofilm chiqdi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gʻashiq jurek nemese juldizdi kokteyl (2010)
  • Gʻashiq jurek nemese juldizdi kokteyl-2 (2011)

Mukofatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Hurmat ordeni" ordeni[2] (2018)

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moʻldir Auelbekova turmushga chiqqan, sobiq turmush oʻrtogʻining ismi Aristan — qishloq xoʻjaligida tadbirkor, ijodiy faoliyatida unga har tomonlama yordam bergan. Ajrashgan. 2019-yilda ikkinchi marta turmushga chiqqan. Ular birgalikda oʻgʻil koʻrishadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]