Mnemonika
Mnemonika (yunoncha mnemonika — eslab qolish sanʼati) — sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Baʼzi mnemonistlar oʻzlashtirishda har xil sunʼiy usullarni qoʻllashga oʻrganganligi tufayli katta hajmdagi, hatto maʼnosiz materialni tez esda olib qolish qobiliyatiga erishadilar. Lekin xotira samaradorligini tub maʼnoda oshirish uchun sunʼiy usullardan foydalanish ikkinchi darajali hamda yordamchi boʻlib hisoblanadi. Umuman, mexanik ravishda yod olishga qaraganda maʼnosini tushunib yod olish maʼqul va samarali usuldir.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |