Kontent qismiga oʻtish

Mizon at-tib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Mizon at-tib“ („Tabobat Mezoni“) fors-tojikcha ilmiy asardir. Ushbu asar Muhammad Akbar tomonidan oʻzining oʻquvchilariga darslik sifatida yozilgan. Asarda tib ilmining asoslari bayon etilgan. Muhammad Akbarning ushbu asariga „Ummon at-tib sharh mizon at-tib“ („Tabiblik okeani“ „Tabobat mezoniga sharh“) nomli sharh yozilgan. Sharhning muallifi— Muhammad Sharif bin Muhammad Niyoz Buxoriy Naqshbandiy (XIX asr). Sharhlovchi soʻz boshida asarning yozilishiga quyidagi vaziyatlar sabab boʻlganligini aytadi. Kunlardan bir kun u Buxoroda Mirzo Masihxon ismli Kobul qalʼasidan boʻlmish bir tabib bilan uchrashib qoladi. Kobullik tabib Amirning huzurida sinash maqsadida Muhammad Sharifga tib ilmida uchraydigan qiyin holatlar haqida bir necha savollar beradi. Muallif bu savollarga javob bergach, oʻz navbatida kobullik tabibga, Kobul va Hindistonda qanaqangi tibbiy asarlar oʻrganilishi toʻgʻrisida savol berdi. Kobullik tabib arabcha tibbiy asarlardan Ibn Nafisning „Moʻjaz“ ini, al-Jagʻminiyning „Qonuncha“ sini, fors-tojikcha tibbiy asarlardan esa Muhammad Akbarning „Tabobat mezoni“ asarini sanab oʻtdi. 1828-1829 yillarda ayrim muhtaram kishilar Muhammad Akbardan, yaʼni muallifdan „Tabobat meʼzoni“ ga sharh tuzishni iltimos qiladi va 1843-yilda aytilgan sharhni yozib tugatadi. Qoʻlyozma— muallifning dastxatidan iborat. [1]

  1. O'rta Osiyo va Hindiston olimlarining tabobat sohasidagi aloqalari. Toshkent: O'zbekiston SSR "Fan" nashriyoti, 1990 — 83-84 bet.