Miyonchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Miyonchi — oʻtmishda oʻzaro nizolashib qolgan kishilar oʻrtasiga tushib, yarashtirib qoʻyuvchi shaxs. M., koʻpincha, nufuzli din arboblaridan boʻlgan. Maye., 1485-yil temuriylardan Sulton Ahmad (Samarqand hokimi) va Umar-shayx (Boburning otasi — Fargʻona hokimi) Toshkent va Shohruxiyani talashib urush boshlaganlarida, Xoja Ubaydullo Ahror ular oʻrtasida M. boʻlgan. Fiqh (diniy huquq) ilmida "miyoncha shariat" lavozimi (xolis sudya) ham boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil