Mixail Zoshchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Zoshchenko
Mikhail Zoshchenko Rasskazy.jpg
Tavallud sanasi 28 iyul (9-avgust) 1894
Vafot sanasi 22-iyul 1958
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Asarlari tili Rus tili

Mixail Mixaylovich Zoshchenko [1895.29.7 (10.8), Peterburg — 1958.22.7, Leningrad] — rus yozuvchisi, hajvchi, "Ogʻa-ini Serapionovlar" adabiy guruhining aʼzosi. 1921-yildan vaqtli matbuotda kichik asarlar bilan muntazam katnasha boshlagan. "Nazar Ilich, janob Sinebryuxovning hiko-yalari" toʻplami (1922) va undan keyin yozgan hikoyalari Zoshchenkoni mashhur qildi. Zoshchenko ilk asarlari ("Hurmatli fuqarolar", 1926; "Kimning ustidan kulyapsiz?", 1928)da yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davridagi meshchanlar ustidan kuladi. "Qora shahzoda" (1936), "Qasos" (1937), "Taras Shevchenko" (1939) va b. qissalar muallifi. Zoshchenko asarlari VKP (b) MK ning "Zvezda" va "Leningrad" jurnallari toʻgʻrisida" gi (1946) qarorida shoʻro voqeligiga tuhmat sifatida ayovsiz tanqidga uchragan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil