Mixail Semyonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail Nikolayevich Semyonov (1901.2.12, Lojma sh., Polsha — ?, Leningrad) — kompozitor, xor dirijyori, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1949). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1930). Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi (1936—38), kafedra mudiri (1944—55), professor (1952 yildan), Buxoro musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1938—39), Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1939—40). 1955 yildan Leningradda yashab konservatoriya va Madaniyat institutida (1964 yildan) dars bergan. Asarlari orasida "150 oʻzbek xalq qoʻshiqlari" toʻplami, "Oʻzbek xalq sheʼrlari asosida bolalar uchun 4 qoʻshiq" va boshqa mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil