Mixail Saltikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail Yevgrafovich Saltikov, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi — N. Shchedrin) [1826.15(27).1, — Spas—Ugol qishlogi, Kalyazin tumani1889. 28.4 (10.5), Peterburg] — rus yozuvchisi. Moskvadagi Dvoryanlar institutida (1836—38) va Aleksandr (sobiq Sarskoye selo) litseyida (1838— 44) taʼlim olgan. Dastlab sheʼrlar yozgan. "Lira" sheʼri (1841) Pushkin va Derjavin ga bagʻishlangan. 15 sheʼri bizgacha yetib kelgan. "Ziddiyatlar" (1847), "Chalkash ish" (1848) asarlari naturalistok harakterda boʻlib, chuqur ijtimoiy masalalar aks ettirilgan. Asar xukmron doiralar gʻazabini qoʻzgʻatgan. 1848 y. aprelda qamoqqa olinib, Vyatkaga surgun qilingan. 1855 y. surgundan qaytgach, "Gubernya ocherklari"ni (1856—57) yozgan. S. ijodiy faoliyatini davlat ishlari bilan birga olib borgan. 1856— 58 yillarda Ichki ishlar vazirligining alohida topshirigʻi bilan chinovnik boʻlib xizmat qilgan, dehqonlar reformasini tayyorlashda qatnashgan. 1858—62 yillarda Ryazan va Tver gubernyalarining vitsegubernatori. Isteʼfoga chiqqach, "Sovremennik" jur.da ishlagan (1862). Nekrasov vafotidan soʻng (1877) S. "Otechestvennie zapiski" jur.ga rahbarlik qilgan. Koʻpgina ocherk va ssenariylari "Kichik hikoyalar" va "Nasrdagi hajviya" (1863) kitobiga kiritilgan. "Pazuxinning oʻlimi", "Nasrdagi hajviya" pyesalarida podsho amaldorlari tanqid qilingan. "Janob Golovlyovlar" (1875—80), "Monrepo boshpanasi" (1878—79), "Yil boʻyi" (1879—80), "Hayot ikirchikirlari" (1886—87), "Ertaklar" (1882— 86) va boshqa asarlarida reformadan soʻnggi Rossiya hayotidagi ijtimoiy qaramaqarshiliklar aks etgan. "Bir shahartarixi" (1869—70), "Janob toshkentliklar" (1869—72) asarlari ham bor. Tugallanmay qolgan "Unutilgan gaplar" kitobi muhim hayotiy masalalarga bagʻishlangan. Hayotni idrok etish, chuqur bilish va xalqqa boʻlgan mehrli munosabat adibni murosasiz, oʻtkir satirik darajasiga koʻtargan. S.ning satirasi podsho Rossiyasining byurokrat apparatini tanqid qilishga qaratilgan. U oʻz asarlarida kishilardagi byurokratizm va opportunizmni, sotqinlik, mansabparastlikni qattiqtanqid qilgan. Asarlari rus tanqidiy realizmining yorqin namunalaridir. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Janob Golovlyovlar, T., 1952; Ertaklar, T., 1954; Bir mujik ikki generalni boqqani haqida qissa, T., 1973.

Adabiyot[tahrir]

  • Makashin S.A., SaltikovShedrin, Biografiya, t. 1,2., M., 1951; B u shmi n A.S., M.Ye.SaltikovShedrin v vospominaniyax sovremennikov, t. 1—2, M, 1975; Turkov A., SaltikovShedrin, M., 1981.