Mixail Pankov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Aleksandrovich Pankov (1902, Qozogʻiston Respublikasi Qoʻstanay viloyati — 1975.11.1, Toshkent) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1946), professor (1949), Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan. (1929). Tuproqshunoslik va geobotanika institutida (1927—37), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi da ilmiy xodim (1937—47); Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti tuproqshunoslik kafedrasi mudiri (1945—67), 1968-yildan shu kafedrada professor Oʻrta Osiyoning koʻpgina hududlarida tuproqlar tadqiqoti ishlariga rahbarlik qilgan. Ilmiy ishlari, asosan, tuproq eroziyasi va shoʻrlanishi hamda ularning melioratsiyasi masalalariga bagʻishlangan.

Ac: Tuproqshunoslik (darslik), T., 1963; Meliorativnoye pochvovedeniye, T., 1974.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil