Mixail Nikiforovich Xanin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail Nikiforovich Xanin (1902. 18.1, Samara viloyati — 1976) — patofiziolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1954), tibbiyot fanlari doktori (1942), professor (1942), Saratov universiteta tibbiyot fakultetini tugatgach (1928), hozirgi Ulyanovsk viloyat kasalxonasida vrach (1928—30), Saratov Tibbiyot instituti patofiziologiya kafedrasida aspirant (1930—32), assistent (1932—38), dotsent (1938—40), Toshkent tibbiyot akademiyasi patofiziologiya kafedrasi mudiri, professor (1941—72). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda uchraydigan toksik gepatit, ensefalit hamda jigarning surunkali kasalliklarida allergiya va autoallergiya jarayonlarini aniqlash va oʻrganishga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "XANIN Mixail Nikiforovich" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil