Mixail Kotsyubinskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail Mixaylovich Kotsyubinskiy [1864.5(17). 9, Vinnitsa - 1913. 12 (25), 4, Chernigov] — ukrain yozuvchisi. Ukrain adabiyotida realizm asoschisi. Dastlabki hikoyalarida xalqning farovon hayotga intilishlari aks etgan ("Archacha", 1891; "Insoniylik", "Ishonch", 1892; "Oʻch oldi", 1894; "Qora shohning elchisi", 1897 va boshqalar). "Fata morgana" ("Qonli tong") qissasi (1— 2-qism, 1904—10)da qishloqdagi tabaqalanish, dehqonlar bilan mulkdorlar oʻrtasidagi munosabatlar ifodalangan. "Minorlar ostida" (1905), "Kulgi", "Tush" (1906), "Hayot kitobida nimalar yozilgan" (1911), "Unutilgan ajdodlarning arvoxlari" (1912) kabi asarlar muallifi. Chuqur lirizm, qahramonlar obrazlarini romantiklashtirish, oʻtkir ruhiyat K. ijodiga xos xususiyat. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Remont" hajviy hikoyasi, 1976 va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil