Mixail Kleandrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Kleandrov
Tavalludi 14-avgust 1946-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy darajasi yuridik fanlar doktori

Mixail Ivanovich Kleandrov (1946-yil 14-avgust, Toshkent) – Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining isteʼfodagi sudyasi, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan huquqshunos (1996)[1], Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2011)[2], Yuridik fanlar doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1997). „Bolshoy Tyumenskoy ensiklopedii“ ilmiy-tahrir kengashi va tahrir hay’ati aʼzosi (2004).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail iqtisodchi oilasida tavallud topgan. 1970-yilda Tojikiston Davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mixail Kleandrov 1989-yildan 1993-yilgacha Tyumen davlat universiteti kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

1993-yildan 1995-yilgacha MDH xoʻjalik sudi sudyasi boʻlgan.

U 1995-yildan 2003-yilgacha Tyumen viloyati arbitraj sudi raisi.

Mixail Konstitutsiyaviy sudining sudyasi etib tayinlangan. 2016-yil 1-sentyabrdan Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudining isteʼfodagi sudyasi hisoblanadi.

2016-yildan Rossiya davlat adliya universiteti qiyosiy huquq kafedrasi bosh ilmiy xodimi lavozimida faoliyat olib borgan[3].

Oʻgʻli Ivan (1979-yilda tugʻilgan) – sudya, yuridik fanlar nomzodi[4].

Asosiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Advokat tomonidan dissertatsiya tadqiqoti mavzusini tanlash to'g'risida (Tyumen, 2002);

MDHga aʼzo davlatlarning sud tizimlari: qonunchilik taʼminoti (2002);

Huquqshunoslikka nomzodlik dissertatsiyasi: tadqiqotchining ilk qadamlari, mavzu tanlash va ishlab chiqish (M., 2003; 3-nashr. 2007);

Sudya maqomi. Yuridik va tegishli komponentlar (2008);

Korxonada yuridik xizmatlar instituti (2013).

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Kleandrov 2016-yil 4-iyulda IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni[5], 2003-yil 21-sentyabrda Doʻstlik ordeni[6], Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan huquqshunosi[7], Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi[8], 2006-yilda Tyumen viloyatining faxriy huquqni muhofaza qilish xodimi, 2005-yilda Tyumen davlat universitetining „Buyuk yutuqlari uchun“ medali, Gyugo Grotius nomidagi xalqaro mukofot va 1998-yilda – MDH hududida Inson huquqlari boʻyicha sudni tashkil etish taklifini asoslagani uchun mukofotlar bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Указ Президента РФ № 1722“. Kremlin.ru (1996-yil 19-dekabr). 2013-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-noyabr.
  2. „Торжественное заседание, посвящённое 20-летию Конституционного суда РФ“. Конституционный суд Российской Федерации (2011-yil 27-oktyabr). 2012-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-noyabr.
  3. „Российский государственный университет правосудия | Otdel sravnitelnogo pravovedeniya“. www.rgup.ru. 2016-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-dekabr.
  4. „Клеандров Иван Михайлович“. 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-fevral.
  5. „Указ Президента Российской Федерации от 4 июля 2016 № 320“. 2017-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-iyul.
  6. „Указ Президента РФ № 1081“. pravo.levonevsky.org (2003-yil 21-sentyabr). 2013-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Указ Президента РФ № 1722“. pravoteka.ru (1996-yil 19-dekabr). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Указ Президента РФ № 1387“. onagradah.ru (2011-yil 19-oktyabr). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan.