Mixail Gurevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail Iosifovich Gurevich (1892.31.12, Kursk viloyati — 1976.25.11, Leningrad) — aviakonstruktor. Planyorlar va samolyotlarni yaratish bilan shugʻullangan. Juda baland va tez uchadigan qiruvchi samolyotlar (MIG) ni loyihalagan va qurgan (Ar. Mikoyan bilan birga). Bu samolyotlar 1941—45 yillardagi urushda juda ish bergan. Gurevich keyinchalik juda tez uchadigan qiruvchi reaktiv samolyotlarni loyihalash va qurishda ishtirok etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Gurevich Mixail Iosifovich" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil