Mixail Denisov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Denisov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mixail Vladimirovich Denisov
Tavallud sanasi 3-oktyabr 1985-yil (1985-10-03) (38 yosh)
Tavallud joyi SSSR, Ukraina
Boʻyi 1.90 sm
Ampluasi himoyachi

Mixail Vladimirovich Denisov (ukraincha: Михайло Володимирович Денисов; 1985-yil 3-oktyabr, SSSR) — ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Denisov 198-yilda Ukrainada tavallud topgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Denisov 1999-yildan 2002-yilga qadar Mariupol Azovstal jamoasi tarkibida Ukraina yoshlar futbol ligasida oʻyin olib borgan.

2006-yilda Denisov Ukraina ikkinchi ligasida oʻynagan Mariupolning „Ilyichivets-2“ jamoasiga tarkibiga kiradi. Futbolga kirib kelishidan oldin zavodda ishlaganligi bois jamoada Marten laqabini oladi[1]. 2005—2006-yilgi mavsum oʻyinlarida „Ilyichevets-2“ jamoasi turnirning kumush medali sovrindori boʻladi va faqatgina „Dnepr“ jamoasiga oʻyinni boy beradi. Denisov ikkinchi ligada jami 20 ta oʻyin, Ukraina yoshlar chempionatida esa 2 ta oʻyin oʻtkazadi.

Keyinchalik Denisov Vengriyaning „Fehervar“ jamoasi tarkibiga oʻtadi, u erda yana bir ukrainalik futbolchi — Roman Drabeniuk[2] bilan jamoa tarkibida toʻp sura boshlaydi. Vengriya chempionatida Denisov jami hisobda 3 ta oʻyin oʻtkazadi. Shundan soʻng, Ozarbayjonning Yevlax shahridagi „Karvan“ guruhida oʻz oʻyinlarini olib boradi.

2009-yilda Denisov „Ros“ jamoasiga oʻtadi va jamoa tarkibida jami 7 ta oʻyin oʻtkazadi. Ikkinchi liga bahslarida 1 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Keyinchalik, oʻsha yilning yozida „Energetik“ jamoasiga koʻchib oʻtadi. Ushbu jamoa safida Ukraina birinchi ligasida jami 5 ta oʻyin oʻtkazadi.

2010-yilning yanvar oyida Qozogʻistonning „Aqjayik“ klubi futbolchini jamoa tarkibiga chaqirishga harakat qilgan, ammo klub bilan shartnoma imzolanmagan[3]. Natijada Denisov Kirovogradning „Zvezda“ jamoasiga koʻchib oʻtadi. Denisov jamoada olti oy mobaynida oʻyinlarda ishtirok etadi va umumiy hisobda 11 ta oʻyin oʻtkazadi.

2010-yilning yozida Denisov Oʻzbekistonning Namangandan viloyati „Navbahor“ futbol jamoasi tarkibiga qoʻshiladi, jamoada Denisovdan tashqari ham bir nechta ukrainalik futbolchilar bor edi[4]. Oʻzbekiston chempionatida Denisov umumiy 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 marotaba raqib darvozasini ishgʻol qiladi.

Denisov 2011-yilning yozida Kramatorskning ikkinchi ligadagi „Avangard“ klubiga oʻtadi. 2013-yil avgust oyida esa „Torpedo“ (Nikolayev) havaskorlar klubi safida oʻz oʻyinlarini davom ettiradi[5].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ukraina Ikkinchi ligasining kumush medali sohibi: 2005—2006-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Прозвища игроков «Ильичёвца»: Катер, Мистер и Корова“ (ru). Террикон (2009-yil 7-sentyabr). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.
  2. „Александр Ткачук — в «Фехерваре»“ (ru). 10000.com.ua. 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.
  3. „На просмотре в «Акжайыке» несколько игроков“ (ru). sports.kz (2010-yil 14-yanvar). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.
  4. „Узбекистанский отряд“ (ru). Football.ua (2011-yil 16-avgust). 2012-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.
  5. „Гудзикевич усилил «Торпедо»“. 2014-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-sentyabr.