Mixail Bakunin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail Aleksandrovich Bakunin (1814.18.5, Tver gubernyasi — 1876.19.6, Bern) — inqilobchi, anarxizm nazariyotchilaridan biri. 1848 — 49 yillardagi Yevropa (Parij, Drezden, Praga) inqilobiy harakatlarining ishtirokchisi. 1849 y. mayida Bakuninni Drezden qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri sifatida Saksoniya va Avstriya hukumatlari oʻlimga, soʻng umrbod qamoqqa hukm qildi. Keyinroq B. Rossiya hukumati qoʻliga topshirilgach, Nikolay I buyrugʻi bilan Sibirga surgun etildi. 1861 y.da B. u yerdan qochib, Yaponiya va Amerika orqali Londonga keldi. Turli inqilobiy tashkilotlar, nashrlar, maxfiy jamiyatlar ishida faol qatnashdi. 1868 y.da 1-Internatsionalga kirib, Marks va safdoshlariga qarshi kurash boshladi. B. "Davlat tuzumi va anarxiya" (1873) asarida tarix — evolyutsion jarayon, u insoniyatning "hayvonot dunyosidan" "ozodlik dunyosi" sari harakatidan iborat, degan gʻoyani ilgari surdi. Uning fikricha, taraqqiyotning yuqori bosqichida zulm-istibdodga asoslangan har qanday davlat barham topadi, insonning barcha qobiliyatlari kamolga yetishi uchun imkon yaratiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil