Mitalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mitalar — omborlarda, xonadonlarda va boshqa joylarda saqlanayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — galla donlari, yorma, un, qoqilar va boshqalarni zararlaydigan har xil hasharotlar va kanalarning umumiy nomi. M. sirasiga un kanasi, om-bor filchasi, sholi filchasi, jan. om-bor kapalagi, surinam donxoʻri, kichik un qoʻngʻizi, katta un qoʻngʻizi, juda kup turdagi kuyalar va boshqa kiradi. [[Ombor zararkunandalari xalq xoʻjaligiga juda katta iqtisodiy zarar yetkazadi, ular saqlanayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarinigina emas, oziq-ovqat, kiyim-kechaklarning ham sifatini buzadi. Oʻrta Osiyoda hasharotlar va kana (M.)larning 100 dan ortiq, xususan, kanalarning 51, qoʻngʻizlarning 41, tangaqanotlilar yoki kapalaklarning 15 turi mavjud (qarang [[Ombor zararkunandalari).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil