Misurota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Misurota — Liviyaningshim.gʻarbiy qismidagi shahar. Oʻrta dengiz boʻyidagi vohada. Aholisi 340 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Dengiz boʻyidagi savdo-transport markazi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadigan yirik markaz. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Metallurgiya majmuasi tashkil etilgan. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, metall buyumlar yasaladi. Misurota-Marina avanporti bor (shahardan 10 km).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil