Misr prezidentlik saylovi (2014)
26 — 28-may 2014 yil | |||
---|---|---|---|
Saylovchilarning kelishi: | 47,75% | ||
![]() |
|||
Nomzod: | Abdulfattoh as-Sisiy | Hamdin Sabohiy | |
Partiya: | partiyasiz | Misr ommabop oqimi | |
Ovozlar: | (96,91%) |
(3,09%) |
2014-yilgi Misr prezidentlik saylovi 2014-yil 26—28-may kunlari oʻtkazildi. Saylovga ikki nomzod — sobiq mudofaa vaziri Abdulfattoh as-Sisiy va soʻlchi Misr ommabop oqimi rahbari Hamdin Sabohiy qoʻyildi.[1] Saylov sobiq prezident Muhammad Mursiy toʻntarilishiga olib kelgan 2013-yilgi iyun namoyishlaridan qariyb bir yil keyin boʻlib oʻtdi.[1] Ikki kunga moʻljallangan saylov uch kunga choʻzildi.[2] Rasmiy statistikaga binoan 25 578 233 fuqaro (aholining 47,5%) ishtirok etib, 23,78 million odam (qatnashganlarning 96,91%) as-Sisiyga ovoz berishdi,[3] bu 2012-yilgi saylovda Muhammad Mursiyga berilgan 13 million ovozdan oʻn millionga koʻpdir.[4][5] Saylovda as-Sisiy yutib chiqqani rasman eʼlon qilindi.[6]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Sisi, Sabahi to face off for Egyptian presidency“ (21-aprel 2014-yil). 7-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
- ↑ „Egypt: El-Sissi wins election by landslide“. The Monitor (29-may 2014-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „El-Sisi wins Egypt's presidential race with 96.91%“. English.Ahram.org. Ahram Online. 5-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyun 2014-yil.
- ↑ „Egypt's Sisi set for landslide win in presidential vote“. France24 (29-may 2014-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
- ↑ „El-Sisi faces factious agenda after landslide victory“. Ahram Online (31-may 2014-yil). Qaraldi: 2-iyun 2014-yil.
- ↑ „Мисрдаги сайловларда маршал ас-Сисий ғалаба қозонгани расман тасдиқланди“. kun.uz (3-iyun 2014-yil). 6-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyun 2014-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2014-06-06).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |