Kontent qismiga oʻtish

Misli oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Misli oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklda mis boʻlgan mikrooʻgʻitlar. M.oʻ. sifatida mis sulfat (mis kuporosi), pirit (kolchedan) chiqindi va tarkibida mis boʻlgan har xil sanoat chiqindilari ishlatiladi. M.oʻ.ga bugʻdoy, suli, arpa, kungaboqar, qand lavlagi ancha talabchan. M.oʻ. 4—6 yilda bir marta 5–6 kg/ga miqdorida kuzgi shudgorlashda solinadi. Mis kuporosidan, shuningdek, ekish oldidan uruglikka ishlov berish (0,1—0,2% li eritmasi), bordo suyusligi tayyorlashda foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil