Mishkot al-Masobih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mishkot al-Masobih
Asl nomi مشكاة المصابيح
Muallif(lar) Muhammad ibn Abdulloh Xatib Tabriziy[1][2]
Til arabcha
Janr(lar)i Hadis toʻplami

“Mishkot al-Masobih” (arabcha: مشكاة المصابيح – “Chiroqlar uyasi”) Bagʻaviy qalamiga mansub “Masobih as-sunna” asarining Valiyuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Xatib Tabriziy (vaf. 1248) tarafidan kengaytirilgan va qayta ishlangan versiyasidir[3]. Xatib Tabriziy asl matnni hadis ilmidan yetarlicha maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun qulayroq shaklga keltirgan.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob 29 bobga boʻlingan boʻlib, 5945 ta hadisni oʻz ichiga oladi va sunniy islom ulamolari tomonidan muhim hadislar toʻplami sifatida e’tirof etiladi[3] “Mishkot al-masobih”da kelgan hadisga misol: “Kimda kim qoʻshnisi och boʻlgan holda oʻzi toʻq boʻlib tong orttirsa, iymoni mukammal emasdir”[4].

Bagʻaviyning “Masobih as-sunna”sidan farqli jihatlari

Imom Tabriziy “Masobih as-sunna”da mavjud boʻlgan 4434 ta hadisga yana 1511 ta hadisni qoʻshgan. Bagʻaviy boshqa ulamolar ma’qullamagan koʻplab hadislarni sahih deb tasniflagan. Tabriziy Bagʻaviy hadislarga qoʻygan tasniflarni izohlab, ularning koʻpini qayta tasniflagan. Shuningdek, u “Masobih as-sunna”ga uchinchi boʻlimni ham qoʻshgan, Bagʻaviy esa asarni ikki qismga boʻlgan edi. Bagʻaviy oʻzi toʻplagan hadisning isnodini zikr qilmagan, Tabriziy esa, hadisning asl manbasini tilga olib, matnni ishonchliroq holga keltirgan[3] .

Sharhlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Asarga bugunga qadar koʻplab sharhlar yozilgan va nashr etilgan. Jumladan:

• Husayn ibn Abdulloh ibn Muhammad at-Tibiyning sharhi;

• “Mirqot al-Mafotih Sharh Mishkot al-masobih” koʻp jildli asar boʻlib, XVII asr sunniy olimi Mulla Ali al-Qori tomonidan yozilgan;

• “Mir’at al-Manojih Sharh Mishkot al-masobih” - muftiy Ahmad Yor Xon Naimiy tomonidan yozilgan urducha sharh;

• “Midroj al-Favotih Sharh Mishkot al-masobih” - Malayziyaning Bahasa tilida yozilgan sharh. Muallifi - Mavlono Hasnul Hizom Hamza.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]