Mis van der roe Lyudvig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MIS VAN DER ROE (Mis van der Rohe) Lyudvig (1886.27.3, Axen, Germaniya - 1969.17.8, Chikago, AQSH) - nemis meʼmori, funksionalizm namoyandalaridan. 1919—24 yillarda turkum eksperimental loyixalari (yaxlit oynali, koʻp qavatli) bilan chikdi, 20-asr 2-yarmida turar joy binolarini poʻlat sinchda oqilona namunada yaratdi va ichki loyihasini oʻzgartirdi. Keyinchalik Mis van der roe Lyudvigd.R. golland "Uslub" guruhi taʼsirida kompozitsion qurilmalarni qayta ishladi (Brnodagi Tugendxat uyi, 1930 va boshqalar). Dessaudagi "Bauxauz" ijodiy uyushmasi direktori (1930—33). 1938 yildan AKD1da ishlab, Chikagodagi Illinoys texnologiya instituti meʼmorlik fakultetini boshkardi (1938—58). 40—50-yillarda "universal meʼmorlik shakllari" gʻoyasini ilgari surdi (Illinoys shtatidagi Farnsuort uyi, 1950—51 va boshqalar). Mis van der roe Lyudvigd.R. yaratgan oddiy geometrik shakllar koʻp kavatli binolarda qoʻllanildi: Chikagodagi Leyk Shor Drayv (1946—50), Kommonuels Promenad (1957) turar joilari, Nyu-Yorkdagi Sigrembilding binosi (1956—58), Kanadaning Torontodagi Dominion-sentr binosi (1967) va boshqa Mis van der roe LyudvigR. ijodi AKD1 va Gʻarbiy Yevropa meʼmorlari ijodiga katta taʼsir etgan. MIS DAVRI - k. Eneolit.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil