Mis tangalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mis tangalar — misdan zarb qilingan qadimgi tanga pullar. Sharqda misdan turli narsalar yasash miloddan avvalgi 4ming yillikdan beri maʼlum. Mis tangalar miloddan avvalgi 8-asrning oxiri —7-asrning boshlarida Qad. Lidiya davlatida paydo boʻlgan, Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi 4-asrdan boshlab muomalaga kirgan. Afrosiyob hududida Salavkiylar davlati podshosi Antiox 1 nomi yozilgan Mis tangalar (miloddan avvalgi 3-asr), Buxoro vohasidan kamonchi tasviri tushirilgan mayda Mis tangalar (miloddan avvalgi 4-asr) topilgan. 4-asrda Sugdiyona va unga tobe yerlardagi aholi Mis tangalardan foydalangan. 7-asr oʻrtalarida Sugdiyona davlatida 1 kg misdan oʻrtacha 425 tanga, 8-asr oʻrtalarida esa 1 kg misdan oʻrtacha 963 tanga zarb qilingan. Afrosiyobni arxeologik qazishlar vaqtida turli davrlarga oid Mis tangalar xazinasi topildi.Mis tangalar kumush tangalarga qoʻshimcha si-fatida ishlatilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Smirnova O.I., Katalog monet s gorodisha Pendjikent, M., 1963; Smirnova O. I., Ocherki iz istorii Sogda, M., 1970.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil