Mirzoquli Ko‘kaldosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzoquli Ko‘kaldosh - Boburning yaqin kishilaridan biri. Bobur hukmdorligining boshidan oxirigacha unga sadoqat bilan xizmat qilgan, taxlikali sinovlarda Bobur bilan birga bo‘lgan. Andijon yaqinidagi Raboti Zavrak degan joyda Ahmad Tanbal Bobur qo‘shiniga kutilmaganda hujum qilganda, Boburning yonida qolgan uch kishidan biri Mirzoquli Ko‘kaldosh bo‘lgan (1502 y.). Axsida bo‘lgan to‘qnashuvda Bobur muvaffaqiyatsizlikka uchrab qochishga majbur bo‘lganda ham uning yonida yurgan. Keyinchalik Boburga yaqinligi yana ham ortib, doimiy hamsuhbatlaridan biri sifatida tor doirada, eng yaqin kishilar ishtirokida o‘tkaziladigan majlislarda qatnashgan. [1]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014