Mirzohid Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirzohid Rahimov (1946.30.9, Toshkent) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1971). 1964 yildan Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi, rejissyor assistenti, 1967 yildan diktor. R.ning diktorlikka nutqi, ovozi, qobiliyati kuchli boʻlib, yoqimli ovozi, ravon nutqi, matnni kuchli ehtiros bilan va maʼnodor qilib oʻqishi tomoshabinga kuchli taʼsir etadi. U, asosan, muhim siyosiy hujjatlar, farmonlar, bayramlarda Respublika Prezidentining xalqqa qilgan murojaat va tabriklarini, matbuotda chiqadigan maʼruzalarini, tantanali xabarlarni mahorat bilan oʻqiydi. Shuningdek, "Nazm va navo", "Yakshanba oqshomi" koʻrsatuvlarini, mumtoz shoirlarning gʻazallarini meʼyoriga yetkazib olib boradi va oʻqiydi. R. telefilm, kinoxronika va "Oʻzbekfilm"da filmlarga ovoz bergan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil