Mirzagʻani Iskandarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzagʻani Iskandarov (1925.6.11, Zadaryo tumani — 1995.15.9, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekiston FA mux-bir aʼzosi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1976). Tarix fanlari doktori (1973), professor (1981). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini (1954) tugatgan. Oʻzbekiston K.P MK targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri (1974—79), Toshkent Oliy partiya maktabi direktori (1980—91). Asarlari oʻtgan asr 70—80-y.lari madaniyati, ziyolilar va ularning iqtisodiyot, madaniyat, fan va texnika sohalaridagi faoliyatlariga oid[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.