Erivoniy Mirza Qadim Mamed Husayn oʻgʻli
Qiyofa
(Mirza Kadym Irevanidan yoʻnaltirildi)
Erivoniy Mirza Qadim Mamed Husayn oʻgʻli (1825 — Yerevan — 1875) — ozarbayjon rassomi va naqqoshi; ozarbayjon tasviriy sanʼatida dastgoh sanʼati asoschisi. Maxsus badiiy taʼlim olmagan. E. kashtachilik, devoriy rassomlik, zargarlik va boshqalar uchun rasmtrafaretlar yaratgan, lok rang tasvirida ("Qushlar ila gullar" va boshqalar) ijod qilgan. E. portretlarida natura bilan tasvir oʻxshashligiga erishganligi, shakllar tasvirida anʼanaviy shartlilikni yenga olganligi namoyon boʻldi: "Fatali shoh", "Raqqosa" (shishaga ishlangan), "Oʻtirgan ayol" (tempera), "Abbos Mirzo" (tush), "Mulla" va boshqalar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |