Mirumar Asadov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirumar Asadov (1927, Samarqand shahri) – me’morlik yodgorliklarini ta’mirlovchi usta, O‘zbekiston Qahramoni (1996). Samarqand yodgorliklarni ta’mirlash bilim yurtini tugatgan (1941). Tojikiston davlat untida o‘qigan (1962 – 65). Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli opera va balet teatri binosi qurilishida (1947), Tojikistondagi qator yodgorliklarni ta’mirlashda ish-tirok etgan (1950 – 55). A. Samarqand shahridagi Ulug‘bek madrasasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Til-lakori Madrasa, shuningdek Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Bahouddin Naqshband maqbarasi, Toshkentdagi Yunusxon madrasasi va Qaldirg‘ochbiy maqbarasini ta’mirlashda qatnashgan. A. aka-ukalari Us t a Mirusmon, Us t a Mir-saidlar bilan birga tarixiy obidalarni ta’mirlovchi ustalar sulolasini tarbi-yaladi. A. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil