Mirshayx Puroniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirshayx Puroniy (15–16-asr) – shoir, xattot.

Asli hirotlik boʻlib, xattotlik sanʼati va adabiyot ilmini takomilga yetkazish maqsadida Buxoroda yashab qoladi. Yetti xil husnixatda tengsiz boʻlgan. Buxoro Jomeʼ masjididagi yozuvlar uning qalamiga mansub.

“Majolis un-nafois”da yozilishicha, Mirshayx Puroniy shayx Abusaid Puroniyning oʻgʻli boʻlgan. Valiylar avlodi hamda tugʻma isteʼdod sohibi boʻlgani sababli qisqa muddatda eng peshqadam va xushxat xattot boʻlib yetishgan.

Hasanxoja Nisoriy bergan maʼlumotga koʻra, Mirshayx Puroniy Buxoro shahri ichkarisidagi Chorsu masjidida mudarrislik bilan shugʻullangan. Yoshi yetmishdan oshganda vafot etadi. Xoja Isfahoniy qabri yonida dafn etilgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.