Miron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Miron (Muron, miloddan avvalgi 5-asr) — yunon haykaltaroshi, ilk klassikaning yirik namoyandasi. Afinada ishlagan. M. asarlarida inson tanasi goʻzalligini harakat bilan uygʻunlikda tasvirlagan. M. asarlari (asosan, bronzadan ishlangan) saqlanmagan, ular haqida qad. mualliflarning yozmalari va Rimda marmardan ishlangan nusxalari orqaligina tasavvurga ega boʻlamiz. "Disk irgʻituvchi", "Afina va Marsiy" guruhi va boshqa M. torevtika ustasi boʻlgan, boʻrtma tasvirli kuboklar ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil