Mirobid Inoyatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inoyatov Mirobid (1889, Toshkent — 1937) — davlat va jamoat arbobi, qatagʻon qurboni. 1916 -yildaTurkistondagi milliy ozodlik harakatida faol qatnashgan. Toshkent Eski shahar kengashi ijroqoʻmi raisi (1918), Toshkent Eski shahar shoʻro kengashi raisi (1919), Turkiston ASSR oziq-ovqat xalq komissari (1920), Turkiston XKSning Moskvadagi muxtor vakili oʻrinbosari (1923), Turkmaniston Moliya xalq komissari (1926), Oʻzbekiston SSR Savdo xalq komissari (1933) vazifalarida ishladi. Keyinroq Tojikiston Yer ishlari va moliya xalq komissari etib tayinlandi (1935). Biroq hayotini xalqi, Vatani ozodligi yoʻlida sarf etgan I.ga ham "xalq dushmani" tamgʻasi bosildi va otishga hukm etildi. 1956 -yilda oqlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil