Mirkarim Osim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Mirkarim Osim (1907–1985) Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. „Shamsulurfon“ maktabida, Narimonov nomli texnikumda (1924) oʻqidi. Sanʼat, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi, tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.

Mirkarim Osim. Ajdodlarimiz fojeasi[tahrir]

40-yillarning oxirida qatagʻonga uchradi, 50-yillarda ozodikka chiqdi. Tarixiy mavzularda hikoyalar, qissalar yozdi. Asosiy asarlari: „Oʻtror“, „Toʻmaris“, „Temur Malik]]“, „Aleksandr va Spitamen“, „Astrobod“, „Ulugʻbek va Navoiy“, „Zulmat ichra nur“, „Aljabrning tugʻilishi“, „Singan setor“, „Mohlar oyim va Xonposhsha“, „Karvon qoʻngʻirogʻi“, „Elchilar“, „Ibn Sino qissasi“. Barcha asarlarida xalq tarixi, nurli siymolar xarakteri yorqin tasvirlanadi. 1985-yil fevralida vafot etdi.

Asari[tahrir]

Mirkarim Osim. Ajdodlar fojeasi. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1983, 14,52 b.

Adabiyot[tahrir]

  • Gʻafurov I. Mikarim Osimni eslab… Kitob: Gʻafurov I. Oʻttiz yil izhori. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987, 118–124 b.