Mirjalilov Saidnosir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirjalilov Saidnosir (1884, Turkiston — 1937.9.10, Toshkent) — maʼrifatparvar va jamoat arbobi. 3. Saidnosirovaning otasi. Dehqonchilik va savdo ishlari bilan shugʻullanib, Turkistonning yirik sarmoyadorlaridan biriga aylangan. Paxta tozalash zavodi qurib, usuli jadid maktabini ochgan. Davlat dumasi musulmon shoʻʼbasining Peterburgda boʻlib oʻtgan qurultoyida ishtirok etgan (1914). 1917-yilda Tosh-kentga koʻchib kelgan va shahar dumasiga aʼzo boʻlgan. "Shoʻroi islom" tashkilotining aʼzosi sifatida Turkiston Muxtoriyat hukumatining tashkil etilishida faol qatnashgan va bu xukumatning xazinachisi boʻlgan. 1921-yilda "Turkiston" savdosanoat shirkatini tashkil etib, undan tushgan daromad hisobiga "Milliy ittihod" tashkilotini qoʻllab-quvvatlagan hamda Germaniyaga oʻqishga yuborilgan talabalarni nafaqa bilan taʼminlagan va ularga moddiy yordam koʻrsatgan. M. "Nashri maorif" maʼrifiy tashkiloti va "Koʻmak" jamiyatining asoschilaridan biri (1923— 25). M. 1925-yildan boshlab bir necha marta qamoqqa olingan; 1937-yilda otib tashlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil