Mirakon koʻchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirakon koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro

Mirakon koʻchasi — tarixiy nom boʻlib, mira – „xoja“, „buzurg“, „ulugʻ“ maʼnosini bildiradi. Mirakon koʻplikda ulugʻlar, yaʼni ulugʻ kishilar yashaydigan joy maʼnosini bildiradi[1]. Mazkur mahalla ahli koʻpincha kafshdoʻzlik bilan shugʻullangan. Unda masjid, xonaqoh, hovuz mavjud boʻlgan. 1912-yilda koʻcha nomi rasmiylashtirilgan vaqf hujjatida qayd etilgan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.