Mirabdullaxoʻja Abdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdiy Mirabdullaxoʻja (1870 — Bu-xoro — 1922) — shoir va tazkira-navis. A.ning ayrim zamondoshlariga bagʻishlangan qasida va gʻazallaridan namunalar Afzal Primastiyning ("Af-zal ut-tazkor" (1904) va Ne’matulla Muhtaram ("Tazkirat ush-shuaro", 1910) tazkiralarida uchraydi. "Tazkirai Ab-diy" (yoki "Tazkirat ush-shuaroi mutaax-xirini Buxoro", "Tazkirat ush-shuaro", 1904) tazkirasida Amir Abdulahad dav-rida yashab ijod etgan 118 shoir haqida biografik ma’lumot va asarlaridan na-munalar berilgan. Tazkira muqaddima va 28 maqsad (bob) dan iborat. Muqaddimada she’r va shoirlik haqida fikr yuritila-di. Muallif shoirlarni oddiy, kamtar boʻlishga, yengil obroʻ va boylik izidan quvmaslikka undaydi. Boblarda shoir-lar ijodiga baho berilgan. Asar 19- a. oxiri — 20- a. boshi Turkiston adabiy harakatchiligini, xususan, oʻzbek-to-jik adabiy aloqalarini oʻrganishda muhim manbalardandir. Jumladan, tazkirada Ahmad Donish, Vozeh, Shohin, Sadrid-din Ayniy, Toshxoʻja Asiriy kabilar haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil