Kontent qismiga oʻtish

Mir Husayn Ali Jaloyir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mir Husayn Ali Jaloyir (15-asr) – Alisher Navoiyning qarindoshi, Hasan Ali Jaloyirning toʻngʻich oʻgʻli[1].

“Tufayliy” taxallusi bilan ijod qilgan, qasidanavislikda tengsiz boʻlgan. Ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro madhida yozilgan “shikast” radifli qasidasi juda mashhur boʻlgan. Podshohning eʼtiboriga tushib, muhrdor, parvonachi, vazir oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Navoiyning yozishicha, Sultonga shuncha yaqin boʻlganiga qaramay, bir aybi tufayli uning nazaridan qolgan. Quyidagi matlaʼ uning shu davrdagi ahvolini aks ettiradi, ilohim aytgani kelsin deb tilak bildiradi.

Bihamdillah, ki digar rah ba iqboli shahi odil, Burun omad gulam az xoru xor az povu po az gil[2].

(Mazmuni: Xudoga shukrlar boʻlsinki, odil shoh inoyati bilan yana bir bor gulim tikandan, tikan oyogʻimdan, oyogʻim loydan xalos boʻldi).

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.